QDUda yosh izlanuvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 14-yanvar kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A.Yusupov bilan universitet huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar va ilmiy seminarlar raislari, kotiblari, oliy ta’limdan keyingi ta’limda tahsil olayotgan tayanch doktorantlar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari B.O‘temuratov ham ishtirok etdi.

Uchrashuvni Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, akademik A.Reymov ochib berdi va boshqardi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A.Yusupov so‘zga chiqib, ilm-fan sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar, chora-tadbirlar va ularning natijalari haqida keng to‘xtalib o‘tdi.
Shu jumladan, boshqa oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida ham ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashda universitet rahbariyati, bugungi kunda universitet huzuridagi jami 11 ta ilmiy daraja beruvchi Ilmiy Kengashlarning samarali faoliyati haqida keng ma’lumotlar berildi.

Ma’ruzachi, shuningdek, doktorantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy ishlarini himoya qilish borasida yanada keng imkoniyatlar yaratish, jumladan, xotin-qizlarga qo‘shimcha imtiyozlar, ilmiy kengashlar ishida ilmiy darajalarga talabgorlar uchun ilmiy mutaxassisliklarni yanada oshirish, bugungi kunda yangi ilmiy kengashlarni keng tashkil etish, shuningdek, ilmiy tadqiqot yo‘nalishidagi yangiliklar va yig‘ilishlar ishtirokchilarini tanishtirib o‘tdi. Yig‘ilish yuqori saviyada o‘tkazilib, yig‘ilish davomida universitet tayanch doktorantlari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilar, ilmiy kengashlar raislari va a’zolari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar, fikr-mulohaza va takliflar berilib, bu borada ma’ruzachi va ma’ruzachilar tomonidan ijobiy javoblar olindi.

QDU matbuot xizmati

Foydali havolalar