
Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida ulug‘ bobokalonimiz shoir, sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlab ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet yoshlar masalasi va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektor S.Alawatdinov ochib berdi.
Tadbirda O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Z.Kabulova «Z.M.Bobur adolatli shoh va buyuk shoir», O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti E.Orazbayev «Bobur asarlarida arabcha o‘zlashma so‘zlar», O‘zbekiston tarixi kafedrasi assistenti Murat Tolibayev «Orta asrdin belgili tulg‘asi» mavzusida bayonat qildilar.
So‘ngra O‘zbek filologiyasi fakulteti talabalari va Nukus shahar «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Taʼkidlanganidek, bugungi kunda buyuk allomalarimiz qoldirgan ilmiy va adabiy merosni o‘rganishga davlatimiz rahbari tomonidan alohida eʼtibor qaratilmoqda.




