#Xalqaro_hamkorlik

Bugun, 15-fevral kuni, Xitoyning Shandong Engineering kompaniyasi vakillari va Nukus shahridagi One Cloud Akademiyasining xitoylik professori Su Yuhang Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘lib, bu yerda universitet rektori, akademik A.Reymov bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomonning ilmiy, ta’lim va amaliyotga yo‘naltirilgan hamkorligiga doir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda, talabalar va o‘qituvchilarga yangi bilim va ko‘nikmalarni oshirish, o‘zaro ilmiy almashinuvlarni kengaytirish, shuningdek, ikki tomonlama ilmiy loyihalarni amalga oshirish orqali yangi natijalarga erishish masalalari ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, Xitoy tajribasidan foydalanib, yangi zamonaviy laboratoriyalar yaratish, ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi.

Bu hamkorlikni amalga oshirish, Qoraqalpoq davlat universitetining xalqaro ilmiy maydondagi o‘rnini yanada mustahkamlash, talabalar va o‘qituvchilarga yangi bilimlar olish imkoniyatlarini yaratish uchun muhim ahamiyatga ega. Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohasidagi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun birgalikda ishlashga kelishib oldilar.

Foydali havolalar