QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI OLIY O‘QUV YURTLARI O‘RTASIDA O‘TKAZILADIGAN «TABIAT HAQIDAGI ENG YAXSHI FOTO VA VIDEOROLIKLAR» TANLOVI O‘TKAZILISHINI E’LON QILAMIZ!!!
????Tanlovning oldiga qo‘ygan maqsadi va vazifalari:
Yurtimiz fuqarolarining tabiat haqidagi bilimini oshirish, Ona tabiatimizning o‘simlik va hayvonot dunyosi bilan yaqindan tanishtirib borish, ularni muhofaza qilish va tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbatini oshirishdir.
✅Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy va vaqtincha yashovchi 17 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari talaba-yoshlari, magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etadi.
Ular quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha bellashadi va hakamlar tomonidan baholanadi.
✅1. «Tabiat manzarasi haqidagi eng yaxshi foto.»
Ushbu nominatsiyada har bir ishtirokchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida yurtimiz tabiat manzarasi bo‘yicha o‘zining olgan 10 dona asl nusxa (original) fotosuratlari bilan ishtirok etishi lozim. Rasmlar albomga solinadi va rasmlarning elektron asl nusxasi qo‘shib topshiriladi.
✅ 2. «Hayvonot dunyosi haqidagi eng yaxshi foto.»
Ushbu nominatsiyada har bir ishtirokchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida yurtimizning hayvonot dunyosi bo‘yicha o‘zining olingan 10 dona asl (original) fotosuratlari bilan qatnashishi kerak. Rasmlar albomga solinadi va rasmlarning elektron asl nusxasi qo‘shib topshiriladi.
✅ 3. «Yurtimiz tabiati, o‘simliklar va hayvonot dunyosi haqidagi eng yaxshi videorolik.»
Ushbu nominatsiyada har bir ishtirokchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida yurtimiz tabiati, o‘simliklar va hayvonot dunyosi bo‘yicha o‘zining suratga olgan 3 daqiqalik asl (original) videoroliklari bilan ishtirok etishi lozim.
KONKURS ISHTIROKCHILARINI BAHOLASH MEZONI
1️»Tabiat manzarasi haqidagi eng yaxshi foto.»
Nomzodlik bo‘yicha 100 ball
2️»Hayvonot dunyosi haqidagi eng yaxshi foto.»
Nomzodlik bo‘yicha 100 ball
3️️»Yurtimiz tabiati, o‘simliklar va hayvonot dunyosi haqidagi eng yaxshi videorolik.»
Nomzodlik bo‘yicha 100 ball

TANLOV O‘TKAZILADIGAN VAQT VA G‘OLIBLARNI MUKOFOTLASH

????Tanlov 2025-yil fevral oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlarining saytida va ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi. G‘oliblarni taqdirlash kechasi 2025 yil 5 iyun kuni «Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni» bayrami munosabati bilan o‘tkaziladi. Tadbir 5-iyun kuni soat 10:00 da Qoraqalpoq davlat universiteti Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tadi va ommaviy axborot vositalarida (mahalliy televideniye, radio, gazetalar va ijtimoiy tarmoqlarda) e’lon qilinadi.
Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar (V-o‘rin, V-o‘rin, V-o‘rin) diplom, qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

???? Qo‘shimcha ma’lumot uchun: tel: +99899 572 19 84 Almat Sadullaev

ESLATMA!
Tanlovda ishtirokchi 3 ta nominatsiyaning faqat bittasida qatnasha oladi.

 

Foydali havolalar