Qoraqalpoq davlat universitetida «Termitlar muammosi va ularga qarshi kurashish usullari» mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar boshqarmasining 2025 yil 26-fevraldagi 1/1/18-1052-sonli xatiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 734-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpoq davlat universitetida «Termitlar muammosi va ularga qarshi kurashish usullari» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar boshqarmasi rais o‘rinbosari, polkovnik M.S. Saydullayev, radiatsion, kimyoviy tibbiyot, biologik himoyalanishini tashkillashtirish bo‘limi mudiri E.S. Juzbaev, bo‘lim inspektori A.M. Qarlıbaev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlar ora Favqulodda holatlar boshqarmasi inspektorlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Respublika termitlarga qarshi kurashish ilmiy ishlab chiqarish markazi direktori Q.J.Rustamov, direktor o‘rinbosori V.N.Axmedov, Qoraqalpoq davlat universiteti, Biologiya fakulteti dekani, professor Ya. I. Ametov, Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi professor v.v.b T.I.Juginisov, b.f.f.d. B.T. Qurbaniyazov, assistent A.A. Alimbetovlar, QDU tayanch doktorantlari R.Isaev, D.Arzibaev, B.Barliqbaev, Sh.Djangabaevlar ishtirok etdi.

Seminar-trening Biologiya fakulteti dekani, professor Ya. I. Ametov tomonidan olib borildi. Tadbirda Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi professor v.v.b T.I.Juginisov termitlar zarari va ularga qarshi kurashish yuzasidan ma’ruza qildi va davra suhbati tashkillashtirildi.

Seminar-trening davomida termitlarning keltiradigan zararlari, ularga qarshi kurashish yo‘llari va bu borada markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek termitlar bilan zararlangan uy-joylarda monitoring o‘tkazish usullari va yaroqsiz deb topish bo‘yicha komissiya xulosasiga tayangan holda ishchi guruh tomonidan amalga oshirilishi kerakligi aytib o‘tildi.

 

Foydali havolalar