DIQQAT, TANLOV!!!

9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan universitet rektorati tomonidan talaba-yoshlar orasida “Men mana shu aziz Vatan farzandiman” shiori ostida onlayn tanlov joriy qilindi

 

Tanlov maqsadi:

Ikkinchi jahon urushida mardlik ko‘rsatib, mashaqqatli va musibatli onlarni boshdan kechirib, biz yashayotgan tinchlik va farovon hayotimiz uchun o‘z jonlarini fido qilgan qahramonlarimiz haqida bugungi yoshlar ongiga singdirish, ularni Ona Vatanga sodiq farzandlar etib tarbiyalash muhim vazifadir

 

Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:

  1. “Vatan tuprog‘i deb, jon fido qilgan qahramonlar” nomli video va audioroliklar nominatsiyasi:

– tanlov qatnashuvchilari ta’sirli monolog yoki she’r o‘qib berishlari kerak;

– urush davri manzaralari va bugungi farovon hayotimizni aks ettiradigan foto animatsiya ishlash, unga mos she’r, musiqa, matn tanlash;

– Ikkinchi jahon urushida qahramonlik ko‘rsatgan ota-bobolarimiz haqida ma’lumotlar keltirish;

– urush davri voqealaridan namunalar ko‘rsatib berish.

  1. “Bobolarimizning qahramonliklarini unutmaymiz” nomli insho yozish nominatsiyasi:

– mavzuning ma’no-mazmuni  to‘liq ochib berilishi;

– ijodiylik ishlarining uslubiy va gramatik  tomondan  to‘g‘ri yozilganligi;

– mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanish darajasi  va tahlil qilish hamda erkin fikrlarning aniq bildirilganligi;

– mavzuni yoritib berishda  o‘ziga  xos ijodiy  jihatlarining aks etganligi.

  1. “Xotira aziz – qadr muqaddas” nomli video-intervyu nominatsiyasi:

– mavzuning ma’no-mazmuni ochib berish;

– Fakt va ma’lumotlarning aniqliligi;

– Nutq madaniyatiga rioya qilish;

– Intervyu jarayonida kiyinish odobiga e’tibor qaratish.

 

Tanlov mana shu yilning 1-7-maygacha o‘tkaziladi. Tanlov haqida to‘liq ma’lumot qmu_manawiyat_tanlawlar kanalida joylashtirilgan. Yuqoridagi nominatsiyalar bo‘yicha qatnashishni xohlovchilar o‘z namunalarini 90 652-00-84 raqamga telegram orqali yuborishlari mumkin. Ushbu ijodiy ishlar qmu_manawiyat_tanlawlar kanalida yoritib boriladi.

Tanlov g‘oliblari rektorat tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

Shoshiling, vaqt oz qoldi!!!

Foydali havolalar