
Bugun Qoraqalpoq davlat universiteti Biologiya fakultetiga O`zbekistonning Parijdagi elchixonasi tomonidan ikki davlat yoshlarining o`zaro almashinuvini faollashtirish, atrof-muhit va ekologiya sohasida o`zaro tajriyba almashish masalalarini muhokama etish maqsadida Fransiya Xalqaro hamjihatlik va ta`lim Assotsiyasi (ASIE) uyushmasi vakillari va Frantsiya Universitetlarida tahsil olayotgan talabalaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Shu munosabat bilan Biologiya fakultetida “Chiqindisiz yashil tabiatda yashaymiz” mavzusida keng qamrovli tadbir tashkillashtirildi. Tadbirda chet ellik mehmonlar bilan birga Oliy majlis deputati L.Seytova, Vazirlar mahkamasi rais o`rinbosari, Qoraqalpog`iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo`mitasi raisi A.Saparov va ma`sul xodimlari, Qoraqalpoq davlat universiteti Biologiya fakultetining professor o`qituvchilari va ekolog talabalari ishtirok etdi. Tadbirni Biologiya fakulteti dekani b.f.d., professor Ya.Ametov ochib berdi.



Undan so`ng ASIE uyushmasining raisi Elodie Caumont uyushma haqida ma`lumot, shuningdek uyushma a`zolarining bu yerga kelishidan maqsadini tadbir qatnashchilariga tushintirib berdi. Tadbir davomida fakultet atrofiga daraxt ko`chatlarini ekildi. Undan so`ng esa tadbir ishtirokchilari 5 ta guruhga bo`linib chiqindilarni yig`ish bo`yicha amaliy ishlar amalga oshirildi. Chiqindilarni yig`ish uchun 1 soat vaqt ajiratilib, shu vaqt moboynida eng ko`p chiqindi to`plagan ikkita guruhga uyushma tarafidan tayyorlangan sovg`alar topshirildi. Tadbir yakunida esa uyushma a`zolari o`z davlatida chiqindilarni qanday yig`ilishi, ularni qayta ishlash ishlarining qanday tashkil etilganligi, plastik paketlarning o`rniga qog`oz va gazlamali matolardan tayyorlangan sumkalarning ishlatilishi, bizda bir martalik foydalaniladigan ayrim buyumlarning ko`p martalik foydalansa bo`ladigan turlaring yaratilganliklari haqida ma`lumot berishdi va aynan shu buyumlarni o`zlari bilan olib kelib ko`rsatishdi. Tadbir mehmonlarning tabiat haqidagi qo`shiqlari bilan qizg`in davom etdi.




Tayyorlagan;
Biologiya fakulteti “Ekologiya va tuproqshunoslik”
kafedrasi assistenti
Aygerim Nag`ashibayeva